11:20 / 22.06.2020
2 465

Ramzan Qodirov koronavirusga chalinmaganini ma’lum qildi

Ramzan Qodirov koronavirusga chalinmaganini ma’lum qildi
Foto: The Insider
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirusga topshirgan testining natijasi salbiy chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining «VKontakte»dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

«Mening testim antitana topmadi. Bu koronavirus infeksiyasi bilan kasallanmaganimni bildiradi», — deb yozadi Qodirov.

Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda respublikada volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Checheniston «KVN» jamoasi a’zolari bilan birga test topshirgan. Natijalar jamoa ishtirokchilarining besh nafaridan to‘rttasi koronavirus bilan kasallanganini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni Qodirovning koronavirus gumoni bilan Moskvadagi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Shifokorlar uning ahvoli haqida ma’lumot bergandi. Ramzan Qodirovning o‘zi ham bir necha kun davomida omma oldida chiqish qilmagan, 24 mayda esa Hayit bayrami munosabati bilan videotabrik yo‘llagan, ammo unda Checheniston yetakchisining ovozi kadr ortidan yangragandi. 26 mayda Qodirov ijtimoiy tarmoqqa koronavirusga qarshi tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazayotgani aks etgan suratni yuklagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov koronavirusga chalinmaganini ma’lum qildi