
Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqqa farzandlari bilan birga istiqomat qiladigan uyi suratlarini joyladi. Bu haqda SM-News xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, derazalaridan shahar manzarasini ko‘rish mumkin bo‘lgan Los-Anjelesdagi uy aktrisa tomonidan bir necha yil avval xarid qilingan bo‘lib, qayta ta’mirlangan hamda modernizatsiya qilingan.

Foto: SM-News
Ta’mirlash ishlari davomida uyning eski uslubi qisman saqlab qolinib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Jolidan avval ushbu uyda rejissyor Sesil Demill 1959 yilga qadar yashagan.

Foto: SM-News
Hududida hovuz, sayr uchun park bo‘lgan uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, unda oltita yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, kutubxona va mehmonxona bor.

Foto: SM-News
Mehmonlar uchun mo‘ljallangan alohida xona, mashg‘ulot zali va garaj ham o‘rin olgan uy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Foto: SM-News

Foto: SM-News

Foto: SM-News
Anjelina Joli ushbu hashamatli uyida 6 nafar farzandi bilan birga yashaydi.
Manba: Daryo.uz
Anjelina JoliLos-AnjelesFarzandlar BilanIjtimoiy TarmoqUyning EskiZamonaviy Jihozlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar