15:46 / 10.07.2020
3 749

Amerikalik ayol Keyt Middlton kabi kiyinish uchun 30 ming dollar sarfladi (foto)

Amerikalik ayol Keyt Middlton kabi kiyinish uchun 30 ming dollar sarfladi (foto)
Foto: «Korrespondent.net»
Amerikaning Minnesota shtatida yashovchi 41 yoshlik Magness-Vellmann, 38 yashar gersoginyadek kiyinish uchun oyiga 15 ta kiyim-kechak xarid qiladi. Ayolning Keyt liboslariga o‘xshash qilib tikib beradigan, tikuvchisi ham bor, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha Daniel, Middltonga 2011 yilda shahzoda Uilyamga turmushga chiqqanidan buyon muxlislik qiladi. Shu vaqtgacha u Keyt singari kiyinish uchun jami 30 ming dollar sarflagan. «Men Keytning kiyinish uslubini yaxshi ko‘raman va kiyinishda undan o‘rnak olaman», — deydi Daniel.

Foto: «Korrespondent.net»
Magnesga, Keytniki singari libos xarid qilish narxi qimmatlik qilsa, u o‘z tikuvchisiga murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, Keytnikidek liboslarni Zara, Reiss va Hobbs kabi do‘konlardan sotib olishi mumkin, lekin Givenchy’dan xarid qilishga cho‘ntagi ko‘tarmaydi. U uzoq yillar xizmat qilishiga amin bo‘lgan taqdirdagina, qimmat narxdagi libosni xarid qilishi mumkin.

Foto: Korrespondent.net
Daniel Magness-Vellmann, ijtimoiy tarmoqlardagi qirollik oilasi fan-guruhlari a’zosi bo‘lib, shahzoda Uilyam rafiqasining obrazlarini birinchilardan bo‘lib kuzatib boradi. Bundan tashqari ayol, Megan Markl va Ispaniya qirolichasiga ham taqlid qiladi va liboslarni xarid qiladi, deyiladi xabarda.

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Foto: «Korrespondent.net»

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol Keyt Middlton kabi kiyinish uchun 30 ming dollar sarfladi (foto)