Qarshidagi texnika universiteti binosida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Qarshidagi texnika universiteti binosida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Bugun, 14 sentyabr kuni Qarshi davlat texnika universitetining bosh binosi tom qismida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 14:53 da “112” yagona dispetcherlik tizimi orqali Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga universitet binosining tom qismida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng voqea joyiga FVVning qutqaruv bo‘linmalari jalb qilinib, yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in soat 15:57 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot qayd etilmagan. Yong‘inning kelib chiqish sababi hamda hodisa oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar