Foto: Tengrinews
Qozog‘istonga kiritilgan keskin karantin choralari yana ikki haftaga uzaytirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qilgan.
«Epidemiologik vaziyat sabab joriy qilingan keskin karantin choralari yana ikki haftaga uzaytiriladi. Ertaga hukumat komissiyasi bu borada qaror qabul qiladi. Karantin fuqarolarning salomatligi va ular o‘zlarini himoya qilishi uchun zarur», deb yozgan prezident mikroblogida.
Qozog‘istonda 5 iyul kuni ikki hafta davomida amal qiluvchi keskin karantin joriy qilingan. Endi bu muddat yana ikki haftaga uzaytiriladi va qozog‘istonliklar avgust oyining boshigacha keskin karantinga amal qilishadi. Oldinroq moliyaviy qiyin holatdagi qozog‘istonliklarga 42 500 tengedan (103 dollar atrofida) yordam puli berilishi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 60 mingga yaqinlashgan. Virus 375 nafar qozog‘istonliklarning o‘limiga olib kelgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi