22:20 / 03.08.2020
2 143

Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi

Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi
Foto: «Korrespondent.net»
Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl Britaniyaning Mail on Sunday tabloidi va uning noshiri Associated Newspapers’ga qarshi sudda yutqazdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Aslida voqea Meganning otasi Tomasga yozgan xatini matbuotda e’lon qilgan tabloidni sudga berish bilan boshlangan edi.

38 yoshli Meganning otasi Tomas Marklga yozgan shaxsiy maktubni chop etgan nashrga qarshi Sasseks gersoglari sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Er-xotin tabloidni qirol oilasining shaxsiy hayotini buzishda aybladi. May oyida ish yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyin ba’zi ayblovlar da’vo arizasidan chiqarib tashlandi, negaki sud ularni da’vogarning hissiyotlariga asoslangan, sub’ektiv deb baholadi. Endi Markl yuridik to‘lovlar uchun 87 ming dollardan ko‘proq pul to‘lashi kerak.

Shuningdek, Markl yana bir sud majlisini kutmoqda. Unda u o‘z himoyasida anonim ravishda guvohlik beradigan do‘stlarining shaxsini sir saqlanishini so‘rab, nutq so‘zlaydi. Ammo OAV vakillarining fikricha, bunday talab Britaniyada ochiq adolat tamoyillariga mos kelmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi