21:13 / 06.08.2020
4 924

Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi

Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi
Foto: Getty Images
Rossiyaning “MIFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Biotibbiyot muhandisligi milliy tadqiqot yadro instituti magistraturasi talabalari koronavirusdan davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Ular tomonidan og‘ir kasalliklar, jumladan COVID-19’ni xavfsiz davolash uchun yorug‘lik-diodli qurilma ishlab chiqildi.

Talabalar taklif qilayotgan uslub inson tanasi sirtini spektrning qizil diapazonida yorug‘lik oqimi bilan nurlantirishga asoslangan.
Professor Viktor Loshchenovning tushuntirishicha, bu usul fotosensibilizatorlar qo‘llagan holda davolashning eng yangi usullaridan biri hisoblanadi.

Fotosensibilizatorlar bemor organizmiga kiritiladi. Ular organizmda virus bilan ushlab olinadi va nurlanish ta’sirida virusni o‘ldiradi. Bunda fotosensibilizatorlar “sitokin shtormi” [immunitetning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan ziyod kuchli javobi] uchun javobgar hujayralarni faolsizlantiradi va shu tariqa o‘lim bilan xavf soluvchi immun javobdan qochishga imkon beradi”, deb aytgan olim.

Loshchenovning ta’kidlashicha, hozirda dunyoda bemorlarni xavfsiz nurlantiruvchi bunday qurilmalar hali mavjud emas.
Ushbu usul bilan koronavirusga chalingan 40dan ko‘proq bemor davolangan. Ularning barchasida qondagi kislorod saturatsiyasi oshgani, o‘pkada og‘riqlar yo‘qolgani va hid sezish qobiliyati qaytgani qayd qilingan.

Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari boshqa kasallanganlarga nisbatan tezroq sog‘aygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi