Foto: The Russian Direct Investment Fu/Reuters
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi xorijga yetkazilganda uning ikkita dozasi narxi kamida 10 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda “R-Farm” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aleksey Repik ma’lum qildi.
“Agar eksport haqida gapirsak, unda vaksinaning ikkita dozasi narxi, bizning baholashimizcha, eng kami bilan 10 dollar bo‘ladi. Har holda, birinchi seriyalar yetarlicha qimmat bo‘ladi”, deb aytgan Repik.
Uning ta’kidlashicha, vaksina ishlab chiqarilishi yetarlicha sanoat hajmlariga yetganda arzonlashadi.
11 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi va Rossiya mudofaa vazirligining 27-markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan vaksina “Sputnik V” deb nom olgan.
Putinning ta’kidlashicha, vaksina klinik sinovlar vaqtida yuqori samarador va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan hamda jiddiy asoratlarga olib kelmagan. Vaksinaning ilk partiyalari 2 hafta ichida chiqariladi, uning ommaviy ishlab chiqarilishi esa yaqin orada boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi