Foto: Getty Images / AFP
2020 yilning dastlabki 6 oyida mamlakatda 51405 kishi vafot etgan. Bu 150 yillik antirekordning yangilanganini anglatadi, deb yozdi «Lenta.ru».
Pandemiya boshlanganidan beri xavfli virusni 85 mingdan ortiq odam yuqtirib olgan, ulardan 5,8 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Davlat statistika boshqarmasi (SCB) xabariga ko‘ra, Shvetsiyada aholining o‘sish darajasi so‘nggi 15 yildagi eng past natijani ko‘rsatgan. Bu o‘lim darajasining yuqori ekani bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, nikohlar soni so‘nggi 20 yildagi eng past natijani, ajralishlar soni esa so‘nggi 13 yildagi eng yuqori natijani ko‘rsatgan.
Iyul oyining oxirida Shvetsiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni kamaya boshladi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa aksincha, bemorlar miqdori oshgan edi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli qattiq karantin cheklovlarini joriy qilgan Yevropaning ko‘plab davlatlaridan farq qilgan holda, Shvetsiya boshqa yo‘ldan bordi. Umumiy taqiqlar bo‘lmadi, ijtimoiy masofani saqlash va o‘zini yakkalash tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ldi. Jon Hopkins Universiteti ma’lumotiga ko‘ra, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi