Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.
«Belarusda ekstremistik unsurlar chegaradan chiqib, talonchilik boshlaydigan bo‘lsa» Rossiya kuch tuzilmalari Belarus hukumatiga yordamga kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.
«Rossiya Belarusdagi barcha muammolar tinch yo‘l bilan hal etilishidan kelib chiqadi. Hozircha Belarusda Rossiya kuchlaridan foydalanishga zarurat yo‘q, umid qilamanki, zarurat bo‘lmaydi ham», — dedi Putin.
Avvalroq Belarus mudofaa vazirligi Moskva Belarusga zirhli texnika va MI-35 vertolyotlarini yetkazib berish to‘g‘risida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi