14:14 / 18.09.2020
2 688

Tailandda o‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalasini zararkunandalardan tozalashga yordam bermoqda (video)

Tailandda o‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalasini zararkunandalardan tozalashga yordam bermoqda (video)
Foto: «Rambler»
Tailand dalalarida sholi hosili unumdorligi uchun o‘rdaklar armiyasidan foydalanilayotgani dron yordamida videoga olindi. O‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalalarini hasharot va boshqa zararkunandalardan tozalashda yordam beradi, deb yozadi «RIA Novosti».

Nakxon provinsiyasi fermerlari tomonidan suratga olingan mazkur rolikda o‘rdaklarning maydon bo‘ylab yurishini ko‘rish mumkin.

O‘rdaklar 5 oy davomida dalalarni hasharotlardan tozalab berganidan keyin ko‘paytirish uchun fermaga qaytariladi, deyiladi xabarda.

O‘rdaklar egasi Alivat Chalermklinning ta’kidlashiga qaraganda, ushbu aksiya ikki tomon uchun ham foyda keltiradi. Sholi yetishtiruvchilar zararkunandalarga qarshi ortiqcha xarajat qilmaydi, fermerlarning esa o‘rdaklar oziq-ovqati uchun sarflaydigan mablag‘i tejaladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda o‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalasini zararkunandalardan tozalashga yordam bermoqda (video)