11:30 / 19.09.2020
1 878

Tramp prezident etib saylanganidan so‘ng do‘stlarini yo‘qotganligini aytdi

Tramp prezident etib saylanganidan so‘ng do‘stlarini yo‘qotganligini aytdi
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Donald Tramp Viskonsindagi mitingda so‘zga chiqdi, deb yozmoqda Independent. O‘z nutqi davomida u AQSH prezidenti lavozimiga saylangani tufayli barcha do‘stlarini yo‘qotganligini aytdi.

«Men ushbu vaziyat tufayli barcha do‘stlarimni yo‘qotdim. Ular avval erkin edi», — degan u.

Trampning aytishicha, ilgari u do‘stlari bilan uchrashishi va ovqatlanishi mumkin edi, ammo tayinlovdan keyin ular unga rasmiy ravishda, «janob prezident» sifatida qaray boshlagan. Prezident do‘stlari o‘rnini kongress a’zolari egallaganini ta’kidlagan.

Viskonsindagi miting Trampning saylov oldi kampaniyasi dorasida bo‘lib o‘tmoqda. Avvalgi saylovlarda Tramp bu hududda 1 foizdan kam ovoz olgan. FiveThirtyEight tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ushbu hududda uning asosiy raqibi Djo Bayden yetakchilik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezident etib saylanganidan so‘ng do‘stlarini yo‘qotganligini aytdi