50 yoshdan oshgan ayollar ham ona bo‘ldi: O‘zbekistonda yangi statistika

O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki olti oyida 373 mingdan ortiq tirik tug‘ilish qayd etildi. Ularning 6,4 mingdan ortig‘i 40 yosh va undan katta ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yanvar–iyun oylarida jami 373 389 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Tug‘ilishlar onalarning yosh guruhlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
25 yoshgacha — 147 355 nafar;
25–39 yosh — 219 588 nafar;
40 yosh va undan katta — 6 446 nafar.
Shundan 50 yosh va undan katta ayollar tomonidan 8 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Demak, yarim yil davomida O‘zbekistonda 40 yoshdan oshgan ayollar tomonidan 6 mingdan ziyod chaqaloq dunyoga keltirilgan.






























Izohlar 0
…