08:18 / 24.09.2020
2 361

Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda

Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda
Foto: Reuters
Samolyotda xorijdan qaytgan Rossiya fuqarolari koronavirusga topshirgan testi natijasi chiqquniga qadar uy izolyatsiyasida bo‘lishlari talab etiladi. Bu haqda mamlakat bosh sanitar vrachi Anna Popovaning qarorida aytilgan.

Rossiya hukumati iyul o‘rtalarida mamlakatga xorijdan qaytgan fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy izolyatsiyani bekor qilgandi. Mamlakatga kirib kelgan fuqaroda koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanini tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lishi shart etib belgilangandi.

Agarda bunday hujjat bo‘lmasa, xorijdan kirib kelganlar koronavirusga test topshirishi, test natijasi musbat chiqsa, u sog‘ayguniga va natija manfiy chiqquniga qadar uy karantinida bo‘lishi lozim edi.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hukumatda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga qaytish uchun asos yo‘qligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda