12:06 / 04.10.2020
2 326

Buyuk Britaniyada tuyaqush zebra bo‘lishga qaror qildi va o‘z oilasini tark etdi

Buyuk Britaniyada tuyaqush zebra bo‘lishga qaror qildi va o‘z oilasini tark etdi
Foto: Esquire
Britaniyaning Uilshiredagi safari-bog‘ida ajoyib voqea yuz berdi. U yerda mahalliy Blyu ismli tuyaqushlardan biri negadir zebra bo‘lishga qaror qildi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

Blyu o‘zining sherigi Steysi bilan birga tuxum qo‘ymaslikni afzal bilib, 12 ta zebradan iborat poda bilan muntazam ravishda o‘ynay boshladi.

Foto: Esquire
Tuyaqush o‘zining bunday g‘ayrioddiy xatti-harakati bilan bog‘dagi naslchilik tizimini xavf ostiga qo‘ymoqda, chunki u otalik vazifasiga qaytishga harakat ham qilgani yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Blyu mavjudot inqiroziga uchragan va shunchaki zebra bo‘lishni istaydi. «U tuyaqush bo‘lishga qiziqmaydi. Bu endi unga tegishli emas», − deydi bog‘ xodimlari.

Foto: Esquire
Xabar berilishicha, Blyuni bog‘dan ko‘chirishga to‘g‘ri kelmoqda, chunki uning o‘rnini tuxum qo‘ygandan so‘ng boshini qumga ko‘mib olmaydigan yanada mas’uliyatli tuyaqush egallashi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada tuyaqush zebra bo‘lishga qaror qildi va o‘z oilasini tark etdi