Belaruslik 28 nafar futbolchi bolalar ketayotgan avtobus o‘qqa tutildi

Belaruslik 28 nafar   futbolchi bolalar ketayotgan avtobus o‘qqa tutildi
Qisqacha

Bryansk viloyatida ichida bolalar futbol jamoasi a'zolari bo'lgan avtobus o'qqa tutilishi oqibatida bir nafar ayol halok bo'ldi va olti kishi jarohatlandi. Hujum paytida transport vositasida jami 44 nafar yo'lovchi, jumladan, belaruslik 28 nafar futbolchi bor edi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Tergov qo'mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ushbu voqeani Kiyev tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati deb baholadi.

Bryansk viloyatida bolalar bo‘lgan avtobusga hujum qilingani xabar qilindi. Holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ular orasida belaruslik 28 nafar bolalar futbol jamoasi a’zolari ham bor edi.

Hujum oqibatida bir nafar ayol halok bo‘lgan, 6 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida 4 nafar o‘smir ham borligi aytilmoqda.

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ushbu voqeani Kiyev tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati deb baholagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar