Qirg‘izistonda blogerlar uchun 5 yillik soliq imtiyozi joriy etildi

Qirg‘izistonda blogerlar uchun 5 yillik soliq imtiyozi joriy etildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov soliq tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, dasturiy ta’minot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar hamda tadbirkorlar besh yil muddatga soliqlardan ozod qilinishi mumkin.

Yangi imtiyozlar blogerlar, startaplar, autsorsing kompaniyalari, kino va telemahsulotlar ishlab chiqaruvchilari hamda boshqa ijodiy soha vakillarini ham qamrab oladi.

Shuningdek, ular uchun daromad solig‘ining 5 foizlik stavkasi va sug‘urta badallari bo‘yicha yengilliklar nazarda tutilgan.

Farmonda oltin va kumush bilan bog‘liq ayrim sohalarda soliq yukini oshirish hamda kontrabandaga qarshi javobgarlikni kuchaytirish takliflari ham o‘rin olgan.

Mazkur farmon rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar