21:53 / 20.10.2020
2 333

AQSHda jinoyatchi dron yordamida «qo‘lga olindi» (video)

AQSHda jinoyatchi dron yordamida «qo‘lga olindi» (video)
Kadr: Facebook
Atlanta politsiya departamenti jinoyatchining uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi yordamida qo‘lga olingani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

AQSHning Atlanta shtati detektivlari qotillikda gumonlanayotgan shaxsning iziga tushgan va uni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rgan. Faqat jinoyatchini odatdagi ravishda qo‘lga olish o‘rniga bu safar drondan foydalanilgan.

Dastlab ular gumonlanuvchining kvartirasiga kirish uchun uning eshigiga portlovchi qurilma o‘rnatgan. Shundan so‘ng uyga dron uchib kirgan. Politsiya ovoz kuchaytirgichlar yordamida ayblanuvchidan tashqariga qo‘llarini ko‘targan holda chiqishni talab qilgan. Tashqarida esa politsiya xodimlari uning qo‘liga kishan taqqan.

Gumonlanuvchini qo‘lga olish jarayoni dron kameralari yordamida suratga olingan: VIDЕO

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyunida Samarqand viloyat IIB ham jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni izidan ochish va fosh etish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish maqsadida dron texnologiyasidan tajriba tariqasida foydalanishni yo‘lga qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda jinoyatchi dron yordamida «qo‘lga olindi» (video)