Kadr: Facebook
Atlanta politsiya departamenti jinoyatchining uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi yordamida qo‘lga olingani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
AQSHning Atlanta shtati detektivlari qotillikda gumonlanayotgan shaxsning iziga tushgan va uni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rgan. Faqat jinoyatchini odatdagi ravishda qo‘lga olish o‘rniga bu safar drondan foydalanilgan.
Dastlab ular gumonlanuvchining kvartirasiga kirish uchun uning eshigiga portlovchi qurilma o‘rnatgan. Shundan so‘ng uyga dron uchib kirgan. Politsiya ovoz kuchaytirgichlar yordamida ayblanuvchidan tashqariga qo‘llarini ko‘targan holda chiqishni talab qilgan. Tashqarida esa politsiya xodimlari uning qo‘liga kishan taqqan.
Gumonlanuvchini qo‘lga olish jarayoni dron kameralari yordamida suratga olingan: VIDЕO
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyunida Samarqand viloyat IIB ham jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni izidan ochish va fosh etish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish maqsadida dron texnologiyasidan tajriba tariqasida foydalanishni yo‘lga qo‘ygandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi