
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Le Figaro nashriga bergan intervyusida Boku qaysi mamlakatlardan qurol sotib olishini aytdi.
"Biz ko‘plab mamlakatlardan qurol sotib olamiz, ammo eng ko‘p qurol Turkiya yoki Isroildan emas, balki Rossiyadan sotib olinadi", — dedi u.
Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, Ozarboyjon shuningdek, Ukraina, Belarus va Erondan qurol sotib oladi.
Bundan tashqari, Aliyev Armaniston Rossiyadan qurollarni bepul olishini aytdi, ammo bu ma’lumotni qayerdan olganligini ma’lum qilmadi.
OzarboyjonIlhom AliyevQurol Sotib OlishMamlakatlar Ro‘yxatiTurkiyaIsroil O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar