Foto: RT
Koronavirusdan sog‘ayganlardan olingan qon plazmasi COVID-19 bemorlari holati yomonlashuvining oldini olishda yordam berolmaydi. «BMJ» ilmiy jurnalida yoritilgan tadqiqot haqida «RIA Novosti» xabar berdi.
Hindistonlik olimlar mamlakatning 39 ta shifoxonasidagi «koronavirusi o‘rtacha darajadagi» 464 nafar yoshi katta bemorning holatini tahlil qilib chiqishdi.
Bemorlarning qariyb yarmiga (235 nafar) standart davo choralari qatorida sog‘ayganlardan olingan plazmalar quyilgan, qolgan bemorlar odatdagicha davolangan. Yakunda o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalashga muhtojlar soni har ikki guruhda deyarli bir xil chiqdi. Oradan 28 kun o‘tib, olimlar har ikki guruhda o‘lim ko‘rsatkichlari ham deyarli bir xilligini qayd etishdi: birinchi guruh (plazmali)dan 34 nafar bemor (15 foiz), ikkinchi guruhdan 31 nafar bemor (14 foiz) vafot etgan. Har bir guruhdan 17 kishida kasallikning yengildan og‘irga o‘tishi kuzatilgan.
Tadqiqot muayyan sharoitda o‘tgan, ya’ni olimlar kimga plazma yuborilgan, kimga yuborilmaganini oldindan bilishgan. Olimlarning ta’kidlashlaricha, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilsa, boshqa mamlakatlar, ko‘proq bemorlar qamrab olinsa, aniqroq xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi