Foto: «Anadolu Agency»
Amerikaning «Huffington Post» nashri gripp va COVID-19 tarqalishi o‘rtasidagi farqlarni keltirdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
«Voqealar-super tarqatuvchilar» orqali, ya’ni ko‘p odam bir joyda to‘planganda yuqish — har ikki virus (gripp va kovid) uchun xos. Biroq aholi immuniteti bu virusga hali kuchsiz bo‘lgani uchun odam ko‘p joyda tarqalishda katta ustunlik koronavirus tarafida.
Bundan tashqari, uzoq davom etuvchi inkubatsion davri sababli, koronavirusning simptomli va simptomsiz tarqalishi ikki haftagacha davom etadi. Gripp esa ancha «sodda», yuqqanining uchinchi kuniyoq «isitmasi kasalini oshkor qilib qo‘yadi», ya’ni simptomlar yuzaga chiqadi.
Koronavirusni yuqtirgan odam virusni ko‘proq odamlarga tarqatadi. Gripp reproduksiyasi indeksi 1 — 1,3 nisbatda bo‘lsa, COVID-19 ni bir odam 10 va undan ortiq sonli insonlarga yuqtiradi. Bunga virusning tabiati emas, balki unga qarshi inson immuniteti hali yetarlicha tayyor emasligi sabab.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda jahonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 45 million kishiga yetdi. Bemorlarning 1,17 millioni (2,6 foizi) vafot etgan. Eng ko‘p kasallar AQSHda — 8,7 million kishi, keyingi o‘rinlarda Hindiston va Braziliya. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi