10:20 / 01.11.2020
1 955

AQSH Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda

AQSH Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda
Foto: REUTERS
AQSH Tog‘li Qorabog‘ga Skandinaviya mamlakatlarining tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen ma’lum qildi.

"Turkiyaning har qanday ko‘rinishdagi vositachiligi yoki tinchlikparvarligi AQSH hamda Armaniston uchun muvaffaqiyatsiz tashabbus hisoblanadi. Biz har ikki mamlakat skandinaviyalik tinchlikparvarlar joylashtirilishiga rozi bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Biz Skandinaviya mamlakatlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab turish uchun mintaqada joylashtiriladigan tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish masalasi ustida ishlamoqdamiz", - dedi O'Brayen.

Uning fikricha, "ko‘pmillatli tinchlikparvar kuchlar yoki kuzatuvchilar ishtirokisiz Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy amal qilinishini tasavvur qilish qiyin".

YEXHT matbuot xizmatining xabar qilishicha, 30 oktabr kuni Minsk guruhining hamraislari Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari bilan alohida va birgalikda uchrashuvlar o‘tkazgan.

Mintaqadagi vaziyat 27 sentabrda keskinlashdi, bahsli hududda to‘qnashuvlar boshlandi. Armaniston va Ozarboyjon o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida uch marta kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, janglar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda