18:43 / 02.11.2020
3 254

Koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda

Koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda
Foto: Burak Akbulut / Anadolu Agency / East News
20A.EU1 shtammi koronavirusning mutatsiyasi natijasi bo‘lib, u ham tez tarqalmoqda va Yevropada ko‘pchilik zararlanishga ham ulgurdi. Xo‘sh, yangi shtamm qanchalar xavfli?
Olimlarning fikricha, umumiy kasallanish holatlari bo‘yicha Covid-19’ning bu turi (shtammi) bilan Ispaniya va Buyuk Britaniyadagi 80, Irlandiyada esa 60 foiz odam zararlandi. Shveysariya, Fransiya, Niderlandiya, hatto Yangi Zelandiyada ham 20A.EU1 tarqalgan.

«Men Covid-19’ning bunaqa turini shu paytgacha ko‘rmagandim. Koronavirusning tez sur’atlarda tarqalishi aynan uning mutatsiyasi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida esa hozircha dalillar yo‘q», deydi Bazel universiteti evolyutsion genetigi Emma Hodkroft.

Yana bir savol tug‘iladi: hozir hamma olimlar ustida ishlayotgan vaksinalar koronavirusning aynan shu shtammiga ham kor qiladimi?
«Ushbu virusning antigen xususiyatlari o‘zgarmaydi. Unda qandaydir o‘zgarishlar borligi to‘g‘risida biror ma’lumot yo‘q. Katta ehtimol bilan biz hozir koronavirusga qarshi yaratgan va ishlab chiqarayotgan vaksina yangi shtammga ham qo‘llanadi», deydi N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi professori A.Altshteyn.

Virusolog A.Agranovskiy va A.Altshteyn bu shtammga qarata «undan qo‘rqmasa ham bo‘ladi» degani mavjud vaziyatda taskin bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda