09:30 / 10.11.2020
2 077

Tramp Pentagon rahbarini iste’foga jo‘natdi

Tramp Pentagon rahbarini iste’foga jo‘natdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Mark Esperni iste’foga jo‘natdi. Mudofaa vaziri lavozimini 9 noyabrdan Terrorchilikka qarshi kurashish milliy markazi rahbari Kristofer Miller bajaradi.

Sizga Kristofer Miller, Terrorchilikka qarshi kurashish milliy markazining chuqur hurmatga ega rahbari shu ondan boshlab mudofaa vaziri lavozimini bajarishini ma’lum qilishdan xursandman. Kris bu ishni ajoyib uddalaydi! Mark Esper o‘z lavozimidan olindi. Unga xizmati uchun minnatdorlik bildirib qolaman”, deb yozgan Tramp Twitter’da.

56 yoshli Esper ushbu lavozimni 2019 yil iyulidan beri egallab kelayotgandi.

Biroq Miller ham ushbu lavozimda uzoq qolmasligi mumkin, chunki AQSH prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongani e’lon qilingan Jo Bayden ushbu lavozimga o‘z odamini tayinlashi mumkin.

Avvalroq OAVda Esper iste’foga chiqishni o‘ylayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Bunga esa Tramp va u orasida yozda boshlangan ziddiyat sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan. AQSH prezidenti armiya mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirish bilan shug‘ullanishini istagan, biroq Esper bunga qarshi chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Pentagon rahbarini iste’foga jo‘natdi