Foto: «Sputnik»
2021 yilning birinchi yarmida koronavirus vaksinasi cheklangan miqdorda yetkazib berila boshlanadi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yetakchi ilmiy xodimi Sumya Svaminatan. Bu haqda SRF xabar berdi.
«Yilning birinchi yarmida cheklangan miqdorda yetkazib berishni rejalashtiryapmiz. Biz hozir rejalashtirish bosqichidamiz», — dedi u.
Svaminatanning ta’kidlashicha, JSSTning asosiy maqsadi — xavf ostidagilar, eng avvalo, tibbiyot xodimlarini vaksina bilan ta’minlash.
Uning qayd etishicha, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilmoqda, chunki turli preparatlarga ehtiyoj bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilarning qaysidir turi keksalarga to‘g‘ri kelsa, ba’zilari, masalan, o‘ziga xos saqlash sharoitini talab qilishi mumkin.
Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Sayyoramizda 55 milliondan ortiq kishi kasallikka chalindi, ulardan 1,3 milliondan ortig‘i vafot etdi. Yuqtirish holatlari eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi