10:15 / 04.12.2020
1 531

Fransiyada masjidlar tekshirilmoqda. Ulardan ba’zilari yopilishi mumkin

Fransiyada masjidlar tekshirilmoqda. Ulardan ba’zilari yopilishi mumkin
Foto: AFP
Fransiyada 76 ta masjid politsiya tomonidan tekshiriladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin xabar bermoqda. Uning aytishicha, «ekstremistik ro‘yxat»ga tushadigan masjidlar yopilishi mumkin.

Vazir Fransiya hukumati separatizm va ekstremizmga qarshi jiddiy kurash boshlaganini ma’lum qildi: «Masjidlar tekshiriladi va terrorizm g‘oyalari targ‘ib qilinadiganlari yopiladi. Separatizm targ‘ibotida gumonlangan ibodat joylari ham yopiladi», degan Fransiya ichki ishlar vaziri.

Ma’lum bo‘lishicha, 76 ta masjid tekshiruv ro‘yxatiga tushgan va ularning 18 tasi hukumatda shubha uyg‘otgan. Ro‘yxatdagi masjidlarning 16 tasi Parijda, qolgan 60 tasi esa mamlakatning qolgan qismlarida joylashgan.

Ma’lumot uchun, 16 oktyabr kuni Fransiyada Samyuel Pati ismli tarix o‘qituvchisi 18 yoshli chechen millatiga mansub Abdulla Anzorov tomonidan so‘yib ketilgandi. O‘qituvchi qotillik sodir etilishidan bir necha kun avval o‘quvchilarga musulmonlarning e’tiqodini haqorat qiluvchi karikaturani ko‘rsatgan. Chechen yigit qo‘lga olish vaqtida halok bo‘lgan. Bu voqeadan keyin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda radikalizmga qarshi jiddiy kurash boshlanishini ma’lum qilgan va dekabrda bu borada qonun loyihasi qabul qilinishini aytgandi.

Oldinroq Makron Fransiyada imomlar kengashi tuzishni taklif qilgan va kengash a’zolari maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazilishini aytgandi. Makronning taklifiga ko‘ra, hukumatning talablarini bajarmagan imomlarning akkreditatsiyasi bekor qilinadi. Makron bunday harakatlari bilan butun dunyoda musulmonlarning nafratiga sabab bo‘lmoqda. Turli mamlakatlarda unga qarshi namoyishlar o‘tkazildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)