
Maykl Jeksonning qizi Peris ham otasi singari xonanda bo‘lishga qaror qildi. Harper’s Bazaar’ning xabar berishicha, u Jimmi Kimmelning noyabrdagi shousida Wilted nomli albomidan o‘rin olgan qo‘shig‘i bilan televideniyeda debyut chiqish qilgan.

Foto: Harper’s Bazaar
Hozirda 22 yashar Peris, sobiq yigiti bilan birgalikda asos solgan The Soundflowers guruhining a’zosi.
U shouda oktyabr oyida taqdim qilgan Let Down qo‘shig‘ini ijro qilgan. Jeksonning ilk albomi Wilted’ning taqdimoti 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Debyut chiqishidan keyin u Instagram sahifasiga shouda kuylagan chiqishi muhrlangan videoni joylagan va boshlovchi hamda tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirgan.
U birinchi plastinka ustida ishlash jarayoni haqidagi bergan intervyusida, ko‘plab emotsiyalarni his qilayotgani, hayajonlangani, asabiylashgani, ammo ko‘proq minnatdor va baxtli ekanini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar