10:10 / 06.12.2020
3 694

Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qildi

Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qildi
Maykl Jeksonning qizi Peris ham otasi singari xonanda bo‘lishga qaror qildi. Harper’s Bazaar’ning xabar berishicha, u Jimmi Kimmelning noyabrdagi shousida Wilted nomli albomidan o‘rin olgan qo‘shig‘i bilan televideniyeda debyut chiqish qilgan.

Foto: Harper’s Bazaar

Hozirda 22 yashar Peris, sobiq yigiti bilan birgalikda asos solgan The Soundflowers guruhining a’zosi.

U shouda oktyabr oyida taqdim qilgan Let Down qo‘shig‘ini ijro qilgan. Jeksonning ilk albomi Wilted’ning taqdimoti 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Debyut chiqishidan keyin u Instagram sahifasiga shouda kuylagan chiqishi muhrlangan videoni joylagan va boshlovchi hamda tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirgan.

U birinchi plastinka ustida ishlash jarayoni haqidagi bergan intervyusida, ko‘plab emotsiyalarni his qilayotgani, hayajonlangani, asabiylashgani, ammo ko‘proq minnatdor va baxtli ekanini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qildi