10:57 / 26.12.2020
1 987

Nikol Pashinyan iste’foga ketishga tayyorligini ma’lum qildi

Nikol Pashinyan iste’foga ketishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq uning iste’fosini istasa, bunga tayyorligini ma’lum qildi. U Facebook’dagi sahifasida buning uchun navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish zarurligini yozdi.

“Men xalq qaror qilsa, bosh vazir lavozimidan ketishga tayyorman. Men bu lavozimdan faqat xalq qarori bilangina keta olaman”, deb yozgan Pashinyan.

U “xalq yana ishonch bildirsa, hozirgi murakkab vaqtda Armanistonga rahbarlik qilishni davom ettirishga tayyorligini” aytgan.
Bu savollarga javob olishning bir yo‘li bor – navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish”, deb qo‘shimcha qilgan Pashinyan.

Armaniston bosh vaziri saylovlarni 2021 yilda o‘tkazishni taklif qilgan.

22 dekabrda Yerevanda hukumatga qarshi norozilik aksiyalari yana boshlangani ma’lum qilingandi. Muxolifat umummilliy ish tashlash e’lon qilgan. Shuningdek, Pashinyanga qarshi chiqayotganlar hukumat binolarini to‘sib qo‘yishgan va Respublika maydonida chodirlar o‘rnatishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikol Pashinyan iste’foga ketishga tayyorligini ma’lum qildi