07:10 / 12.01.2021
4 998

Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt

Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Sadir Japarov boshqa nomzodlarga nisbatan katta farq bilan g‘alaba qozondi. Uning rafiqasi Oygul Asanbayeva haqida ma’lumotlar ochiq manbalardan va mahalliy OAVlaridan olingan.

Sputnik Qirg‘iziston Oygul Asanbayeva – Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Sadir Japarovning rafiqasi haqida ma’lum bo‘lgan faktlarni umumlashtirdi.

Tug‘ilgan joyi
Oygul Asanbayeva 47 yoshda, u Issiqko‘l viloyati, Tup tumani, San-Tosh qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ma’lumoti
Maktabdan keyin u Qorako‘ldagi tibbiyot bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Keyinchalik I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomladi.

Qayerda tanishgan
Sadir va Oygul qo‘shni qishloqlarda yashashgan va do‘stlari bilan tabiatga sayohat paytida uchrashdilar. Asanbayevaning eslashicha, u o‘sha paytda 18 yoshda, Japarov esa 23 yoshda edi. Uch yillik do‘stlikdan so‘ng, ular turmush qurishdi.

Farzandlar [/b]
Ba’zi manbalarga ko‘ra, oilada besh nafar, boshqa manbalarda esa to‘rt nafar farzand borligi aytilgan. Bir intervyuda bu haqda tegishli savolga Asanbayeva o‘zlarining to‘rt nafar farzandi borligi, ammo ular Sadir Japarov ukasining o‘g‘lini (ota-onasi YTH oqibatida vafot etgan) ham tarbiyalayotgani haqida ma’lum qilgan. Bolalarning ismlari - Dastan, Rustam, Rinat, Nurdoolot va Janayim.

To‘ng‘ich o‘g‘il Dastan o‘tgan yilning yozida vafot etdi: u motosiklda halokatga uchradi va to‘rt kundan keyin kasalxonada vafot etdi.

Bir nafar nabiraning buvisi
2019 yilda ikkinchi o‘g‘il Rustam uylandi. O‘tgan yili yangi oilada qiz farzand ko‘rishdi, unga Saara degan ism qo‘yishdi.

Uch yil farzandlari bilan chet elda yashadi
Ba’zi OAVlarida berilgan intervyularga ko‘ra, Asanbayeva "turmush o‘rtog‘ini siyosiy ta’qib qilinishi paytida 3 yil davomida bolalari bilan xorijda yashagan". Ular Rossiya va Polshada yashaganliklari haqida ma’lum qilingan.

Atambayevning rafiqasidan yordam so‘ragan
Asanbayevaning aytishicha, Japarovni qirg‘iz-qozoq chegarasida hibsga olish vaqtida xavfsizlik kuchlari uning o‘g‘li Rustamni ham hibsga olishgan, keyin u deyarli 6 oy davomida tergov izolyatorida saqlangan. O‘sha vaqtda siyosatchining rafiqasi birinchi xonim Raisa Atambayevaga o‘g‘lining ozod qilinishiga yordam berishi yuzasidan iltimos qilgan.

"Tanishlarim orqali men birinchi xonimga chiqdim va yordam so‘radim. Ammo u "u bunday masalalarga aralashmayman" deb javob qaytardi. Men hammani ozod qilish kerak demoqchi emasman. Men aslida noqonuniy hech narsa qilmagan o‘g‘lim uchun so‘ragandim. U shunchaki otasini kutib olish uchun chiqqandi ... Mamlakatning birinchi xonimi bo‘lish har kimga ham nasib qilmaydi, bu Xudodan, o‘ylaymanki, ko‘proq rahm-shafqatli va mehribonroq bo‘lish kerak", - dedi Asanbayeva.

[b]Turmush o‘rtog‘ini faol qo‘llab-quvvatlaydi

Sadir Japarov jazoni o‘tayotgan paytda, Oygul Asanbayeva uni ommaviy axborot vositalarida ochiqchasiga himoya qilgan va har doim norozilik namoyishlarida qatnashgan.

Pasport bo‘yicha boshqa ism
2020 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Oygul Asanbayeva "Mekenchil" partiyasi safida Jo‘qorg‘u Kengash deputatligiga nomzodini qo‘ygandi (ro‘yxatda 24-o‘rin). Ammo siyosiy tashkilotning saylov ro‘yxatida u Gulnura nomi bilan ro‘yxatga olingan - Asanbayevani pasportida shunday ism yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga qaraganda, Japarovning rafiqasi ushbu kampaniyada faol qatnashgan va viloyatlar bo‘ylab safarga chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt