Kundalik muloqot nega tobora qisqarib bormoqda?

1 daqiqa o'qish217
Kundalik muloqot nega tobora qisqarib bormoqda?

Odamlar so‘nggi 15 yil ichida har kuni o‘rtacha yuzlab so‘zga kam gapira boshlagan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu jarayon nafaqat kundalik muloqotga, balki insonlarning sog‘lig‘i, ish faoliyati va o‘zaro munosabatlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Missuri va Arizona universitetlari olimlari 2200 kishining ma’lumotlarini o‘rgangan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, odamlar bir kunda aytadigan so‘zlar soni har yili o‘rtacha 338 taga kamaygan.

2005 yilda insonlar kuniga o‘rtacha 17 mingga yaqin so‘z ishlatgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 mingdan ham kamaygan.

Bu o‘zgarish yoshlar orasida yanada sezilarli ekani qayd etilgan. Zumerlar har yili o‘rtacha 451 ta so‘zdan kamroq gapirayotgan bo‘lsa, kattaroq avlodlarda bu ko‘rsatkich 314 tani tashkil etgan.

Muloqotning qisqarishiga zamonaviy texnologiyalar va kundalik odatlarning o‘zgarishi sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Masalan, telefon qo‘ng‘iroqlari o‘rniga ovozli xabarlar, sotuvchi bilan muloqot o‘rniga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalari, yuzma-yuz suhbat o‘rniga chatlardan foydalanish tobora kengaymoqda. Naushniklardan foydalanish esa insonlarning atrofdagilar bilan muloqot qilish ehtiyojini yana kamaytirishi mumkin.

Shu tarzda davom etsa, oddiy suhbatni boshlash va uni davom ettira olish kelajakda yanada muhim ko‘nikmalardan biriga aylanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?