16:53 / 17.01.2021
2 705

Amerikalik qiz tomonidan ikki yil oldin okeanga tashlangan shisha ichidagi maktub topildi

Amerikalik qiz tomonidan ikki yil oldin okeanga tashlangan shisha ichidagi maktub topildi
Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
2020 yilning noyabrida Papua — Yangi Gvineya orollari tarkibiga kiruvchi Panesesa orolida tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha mutaxassis Stiven Amol qirg‘oqni tozalash vaqtida shisha idishga duch kelgan. Uning ichida bir hovuch guruch, bir nechta chig‘anoq va maktub bo‘lgan, deb yozadi Esquire.

17 yoshli amerikalik Niki Ne shisha idishni 2019 yilning 9 yanvarida — oilasi olti yillik gumanitar missiyadagi ishtirokidan so‘ng AQSHga qaytishda, Vanuatu va Marshall orollaridan suzib o‘tayotganida suvga tashlagan. Butilka 2,5 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.

«Agarda siz buni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, shisha idish juda uzoq yo‘lni bosib o‘tgan va qo‘lingizga tushgan. Mazkur shisha idish qayerga borib qolgani va uning topilishiga qancha vaqt ketganini bilish men uchun juda qiziq», — deb yozadi Ne o‘z maktubida.

Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
Maktubda elektron pochta ko‘rsatilganiga qaramay, Amos uning muallifi bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langan. «Maktubni o‘qib, bor kuchim bilan Ne bilan bog‘lanishga harakat qildim va hamkasblarim yordamida buni uddaladim. Men shu qadar hayajonda edimki, Zoom orqali gaplashishimizni bilganimdan keyin uxlay olmadim», — deydi Amos.

Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
Stiven Amos to‘rt yildan buyon Mojaroli orollar tabiatini saqlab qolish dasturida ishtirok etib, Bissa toshbaqalarining himoyasi va plastiklarni yig‘ish bilan shug‘ullanib kelmoqda. «Biz toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlarini qutqarib qolish uchun plyajlardagi plastiklarni yig‘ish bilan shug‘llanamiz», — deydi Amos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik qiz tomonidan ikki yil oldin okeanga tashlangan shisha ichidagi maktub topildi