Bugun «D», «E» va «F» guruhlarida hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkaziladi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Bugun va ertaga «D», «E» hamda «F» guruhlarida muhim bahslar bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinlardan so‘ng pley-offga chiqqan jamoalar va guruhdagi yakuniy o‘rinlar aniqlashadi.
Kun dasturi Ekvador va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi. Bahs 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Xuddi shu vaqtda Kyurasao va Kot-d'Ivuar milliy jamoalari ham maydonga tushadi. Har ikki bahs «E» guruhidagi yakuniy vaziyatga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Soat 04:00 da «F» guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tunis Niderlandiyaga qarshi bahs olib borsa, Yaponiya Shvetsiya bilan to‘qnash keladi. Ayniqsa, Yaponiya — Shvetsiya uchrashuvi pley-off yo‘llanmasi uchun kurash nuqtayi nazaridan katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Soat 07:00 da esa «D» guruhidagi ikki hal qiluvchi bahs boshlanadi. Paragvay Avstraliyaga qarshi maydonga tushsa, Turkiya AQSH bilan kuch sinashadi.
26 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar:
Ekvador — Germaniya — 01:00
Kyurasao — Kot-d'Ivuar — 01:00
Tunis — Niderlandiya — 04:00
Yaponiya — Shvetsiya — 04:00
Paragvay — Avstraliya — 07:00
Turkiya — AQSH — 07:00
Uchinchi turda har bir ochko va har bir gol hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ayrim jamoalar birinchi o‘rin uchun kurashsa, boshqalari pley-off yo‘llanmasini saqlab qolish yoki eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirishga harakat qiladi.
Shu sababli bugungi bahslarda murosasiz kurash va keskin o‘yinlar kutilishi tabiiy.































Izohlar 0
…