Foto: AFP
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 20 yanvarda o‘z lavozimini tark etgan Donald Tramp siyosatchi sifatida “o‘lgani”ni aytdi.
“Tramp o‘ldi, uning siyosiy hayoti yakunlandi”, deb aytgan Ruhoniy hukumat yig‘ilishida.
“AQSHning siyosiy yakkalanishi – bu Tramp qoldirgan merosdir. AQSH o‘z siyosatida yolg‘iz qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan Eron prezidenti.
Ruhoniy Trampni zolim deb atab, uning o‘z lavozimidan ketishini Tangri inoyati deb atagan.
Ruhoniy Eron AQSHning yangi prezidenti Jo Bayden tomonidan tegishli harakatlar amalga oshirilsa, yadro kelishuvini bajarishga qaytishini ta’kidlab o‘tgan.
19 yanvarda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Trampni AQSH tarixidagi eng yomon prezident deb atagan. Shunday fikrni 1173 respondent orasida 11-13 yanvar kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomada deyarli 50 foiz amerikalik bildirgan.
AQSH Donald Tramp boshqaruvi vaqtida Eron bilan tuzilgan yadro kelishuvidan chiqib ketgandi. Shuningdek, Trampning bevosita buyrug‘i bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi