15:33 / 29.01.2021
3 279

«Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi» — Qirg‘iziston prezidenti

«Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi» — Qirg‘iziston prezidenti
Kadr: YouTube
Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sadir Japarov BBC’ga bergan intervyusida mamlakatda siyosiy boshqaruv shakli o‘zgarayotgani, o‘zining prezidentlik boshqaruvi avtoritar hokimiyatga olib kelish-kelmasligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

- "Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Menda avtoritar boshqaruvni o‘rnatish niyati yo‘q. O‘rnatmaymiz. Bunga kuchimiz ham, irodamiz ham yetadi. Buni vaqt ham ko‘rsatadi. Kuchimiz qonun ustuvorligi va adolat diktaturasini o‘rnatishga yetadi. Xudo xohlasa, o‘rnatamiz.

Sizga bir misol keltirayin, qo‘shni O‘zbekistonni oling, Karimov davrida kuchli diktatura edi. Uni butun dunyo bilardi, qo‘shni davlatlar va biz ham bilganmiz. Shavkat Mirziyoyev kelgach, diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Eshigini ochgandan keyin hozir qanday o‘zgarishlar bo‘lyapti?! Agar diktaturani o‘rnataman desa, Islom Karimovning diktaturasini davom ettirib ketsa bo‘lar edi. Ammo davom ettirmadi-ku. Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq.

Bo‘lmasa, Islom Karimov bilan ishlagan, birga boshqargan. U kishi vafot etgandan keyin hokimiyat qolgach, barcha diktaturani yo‘q qilib, dunyoga eshigini ochdi. Qo‘shni davlatlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan birga ishlab, hozir investitsiya kirib, misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy o‘sish bo‘lyapti. Xalqning turmushi ham farovonlashyapti.

Shuning uchun ham hammasi odamning o‘ziga bog‘liq deyman. Agar mening ham diktatura o‘rnatgim kelsa, o‘z qo‘limda-da. Bu qonunlar qanday yozilishi, bosh qomusning qanday yozilishiga bog‘liq emas. O‘rnataman desang, o‘rnataverasan. Ammo biz bunday qilmoqchi emasmiz. Sababi hech kim benuqson emas. Bizning ham zamonimiz o‘tadi. Besh yil, o‘n yildan keyin o‘tadimi, bizning ham vaqtimiz tugaydi. Boshqa zamon keladi.

Inson hayoti davomida zamon, yashash tarzi o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham bunday narsalardan uzoqdamiz. Biz ertangi kunimizni o‘ylashimiz kerak
", - dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda muddatdan oldin prezident saylovlari 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga 17 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Oktabr oyidan beri hukumatni boshqargan Sadir Japarov raqiblaridan ancha ustun keldi. Ularning aksariyati 2 foizdan kam ovoz olgan.

Prezident saylovi bilan birga mamlakatda boshqaruv shaklini o‘zgartirish bo‘yicha ham referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum ishtirokchilarining 80 foizdan ortig‘i prezidentlik respublikasi uchun ovoz berdi.

Sadir Japarov 28 yanvar kuni Bishkekdagi marosimda davlat rahbari lavozimida mamlakat xalqiga sodiq xizmat qilish haqida qasamyod qabul qilib, Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi» — Qirg‘iziston prezidenti