Kadr: YouTube
Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi erkak bundan to‘rt yil oldin vafot etgan turmush o‘rtog‘ining virtual nusxasi bilan uchrashuvga chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Bu kabi g‘oyani virtual reallik texnologiyasi yordamida amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan. Er-xotinga ta’sirli uchrashuvni mahalliy MBC telekanali «Men seni uchratdim» hujjatli filmi doirasida tashkillashtirib bergan.
51 yoshli Kim Chon Suning rafiqasi og‘ir kasallik bilan uzoq davom etgan kurashdan so‘ng vafot etgan. Ayolining o‘limidan so‘ng erkak besh nafar farzandini mustaqil tarbiyalay boshlagan.
Ayolning virtual nusxasini yaratish uchun mutaxassislar 6 oy davomida mehnat qilgan. Ovozdagi maksimal o‘xshashliklarni ta’minlash uchun uning ovozi aktrisalar ovozi bilan kombinatsiyalangan.
Kim Chon Su marhum rafiqasi bilan virtual bog‘da uchrashgan, shundan so‘ng o‘z uyida raqsga tushgan. Harakatni payqash texnologiyasi yordamida ayolning virtual nusxasi Kim Chon Suning teginishlarga javob qaytara olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi