Foto: The Guardian
Ayollar huquqlari faoli Lujayn al-Hatlul Saudiya Arabistonidagi qamoqdan ozod qilindi, deya xabar bermoqda BBC.
Inson huquqlari himoyachisi 10 fevral kuni ozod qilindi. Nashrning ta’kidlashicha, al-Hatlulga ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish va Saudiya Arabistonidan chiqib ketish taqiqlangan. Al-Hatlul oilasining bildirishicha, faol unga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi chiqmoqchi.
«Biz haqiqiy adolatni qo‘lga kiritmoqchimiz. Lujayn to‘liq, so‘zsiz ozod bo‘lishi uchun», – deydi singlisi Lina.
Bundan tashqari, al-Hatlul uni qamoqxonada qiynoqqa solganlarni, xususan, valiahd shahzoda Saud al-Qahtoniyning sobiq maslahatchisini sudga bermoqchi.
Faol 2020 yil oxirida «qirollikni beqarorlashtirishga urinish» ayblovi bilan besh yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bungacha al-Hatlul faol ravishda ayollarga mashina haydashga ruxsat berilishini targ‘ib qilgan. U 2018 yil may oyida, Saudiya Arabistonidagi ayollarga transport vositasini boshqarish huquqi berilishidan bir necha oy oldin hibsga olingan.
Ayollar avtomobil boshqarishi uchun ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganiga qaramay, na al-Hatlul va na boshqa faollar ozod qilingan. Ular bir necha bor qamoqxonada qiynoqqa solingani haqida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Saudiya Arabistonida voyaga yetmagan jinoyatchilarni qatl etish jazosi bekor qilindi

Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi

Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum etilishi mumkin

Saudiya Arabistonidagi boylar nega xorijga qochib ketishyapti?

Tramp Saudiya Arabistonini maqtadi