Foto: Gamersky
PlayStation 5 o‘yin konsoli sotuvga chiqquniga qadar noodatiy dizayni bilan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ayrimlar uni katta marshrutizatorga (router) o‘xshatgan. PlayStation ixlosmandlaridan biri qurilmaning ushbu xususiyatidan foydalanib, uni sotib olish uchun rafiqasini aldagan, deb yozadi IXBT.
Vetnamlik erkak PlayStation 5 sotib olishni juda ham istagan, biroq rafiqasi bu qadar qimmat xariddan xabar topishini xohlamagani uchun uni zamonaviy marshrutizator sifatida «tanishtirgan». Erkak puxta tayyorlangan — u uyga mahalliy tarmoq provayderining maxsus libosida kelgan do‘kon xodimini yollab, yangi «marshrutizator»ni o‘rnattirgan. Ayol shubhalanmasligi uchun konsol korpusiga provayder servis markazining raqamlari tushirilgan.
Geymer bu haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilganidan so‘ng voqea butun internet bo‘ylab tarqalib ketdi. «Shunday ekan, ayolini aldashga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, ertami, kech u qo‘shnilar orqali bundan xabar topadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq tayvanlik erkak ayolini yaqinda sotib olgan PlayStation 5 konsolini havo tozalagich deb aldab kelgan. Tez orada ayol haqiqatdan xabar topib, erini konsolni sotishga majbur qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Piter Xyuistra: "G‘alaba bilan imkoniyatimizni yaxshilab olishni xohlaymiz"

To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda

Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi

Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim...

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi

Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?

Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti