
Foto: Esquire
Piyodalar yo‘lagidan yurib kelayotgan kishining ortidan chopgan ayiq videosi ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Video davomida hayvonning avtobus kelayotgan yo‘lga yugurib chiqqanini ko‘rish mumkin.
Harakatlanayotgan transport vositasi hayvonni urmagan, ayiq tirik qolgan.
Ma’lum qilinishicha, taxminan 1-2 yosh bo‘lgan ayiq egasi — mehmonxona hududidagi volerda hayvonni onasi bilan birga saqlaydigan mahalliy tadbirkordan qochib ketgan.
Avtobusga duch kelganidan qo‘rqib ketgan ayiq korxona hududiga yashirinib olgan. Qo‘lga olingan hayvonga uxlatadigan dori berilgan. Egasi uning taqdiriga befarq bo‘lgani sababli politsiya xodimlari hayvon uchun yangi uy qidirmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar