12:12 / 10.04.2021
2 505

Ilon Maskning startapi videoo‘yin o‘ynayotgan maymun roligini namoyish etdi

Ilon Maskning startapi videoo‘yin o‘ynayotgan maymun roligini namoyish etdi
Kadr: YouTube
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi miyasiga chip o‘rnatilgani sabab videoo‘yinlarni o‘ynash qobiliyatiga ega Peyjer laqabli to‘qqiz yoshli makakaning roligi bilan bo‘lishdi. Video startapning blogiga joylashtirilgan.

Videoda maymun kursorni sariq kvadrat ortidan siljitishi kerak bo‘lgan o‘yinni joystik yordamida o‘ynayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng maymundan joystik olib qo‘yilgan va MindPong o‘yini yoqib berilgan. Unda maymun neyron tarmoqlar yordamida miyasi orqali o‘yin ichidagi harakatlarni boshqargan va nazorat qilganini ko‘rish mumkin.

Fevral oyida Mask Neuralink kompaniyasi maymun bosh chanog‘iga videoo‘yinlar o‘ynash imkonini beradigan implant o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgandi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019 yilda taqdim etgan. «Tikuv mashinasi kabi» maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan «qabul qiluvchi kapsula»ga ulaydi. Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga 5-10 yil, deb javob qaytargan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning startapi videoo‘yin o‘ynayotgan maymun roligini namoyish etdi