
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bosh vaziri Muhammad ibn Rashid al-Maktum “100 million porsiya taom” xayriya kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Kampaniya doirasida Ramazon oyi davomida Yaqin Sharqdagi yigirma mamlakatda ehtiyojmandlarga taom tarqatiladi.
“Kampaniya irqi, dini yoki millatidan qat’i nazar, aholining eng himoyasiz qatlamiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha BAAning gumanitar tamoyillarini aks ettiradi”, – deyiladi BAA bosh vaziri matbuot xizmati xabarida. Aksiyani Oziq-ovqat banki mintaqaviy tarmog‘i va BMTning Oziq-ovqat dasturi qo‘llab-quvvatladi.
BAA hukumatining ushbu tashabbusi o‘tgan yilgi “10 million porsiya taom” aksiyasining davomi bo‘ldi. 2020 yilda xayriya mintaqa bo‘ylab o‘tkazilgan va koronavirus pandemiyasi natijasida qiynalib qolganlarga ko‘mak berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar