10:56 / 17.04.2021
2 969

Kubada «Kastrolar davri» intihosiga yetdi


Foto: «Novie Vedomosti»
Raul Kastro Kuba kommunistik partiyasi rahbarligidan ketdi. Bu haqda u partiyaning 8-s’ezdida ma’lum qildi. Shu tariqa «Ozodlik oroli»da «Kastrolar davri» poyoniga yetmoqda.

89 yoshni qoralagan Kastro mamlakat boshqaruvini tayyorlangan odamlarga topshirayotganini ta’kidladi, deyiladi kompartiyaning rasmiy gazetasi «Granma» xabarida.

So‘nggi 60 yilda Kuba boshqaruvi faqat Kastrolar oilasi qo‘lida edi.

Raul Kastro 1959 yilda Kubani egallagan Fidel Kastro (1926–2016)ning ukasi hisoblanadi. Uning o‘limidan so‘ng partiya va mamlakat rahbarligi Raul Kastroga o‘tgandi.

Raul Kastro 2011 yilda partiyaning birinchi kotibligiga saylangan, 2016 yilda uni ushbu lavozimga qayta saylashgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kubada «Kastrolar davri» intihosiga yetdi