23:48 / 04.05.2021
1 552

Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

Foto: «Yandeks Dzen»
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 4 may kuni qator tayinlovlar to‘g‘risida farmon va buyruqlarni imzoladi, deya xabar bermoqda Asia Plus.

Xususan, prezident farmoni bilan Abdujabbor Rahmonzoda prezidentning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Boshqa farmon bilan u Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Tojikistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Sodiq Imomiy aprel oyida mamlakatdagi missiyasini yakunlagan. U 22 aprel kuni Abdulaziz Komilov qabulida, 23 aprel kuni esa Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi