15:45 / 08.05.2021
1 707

Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi


Foto: Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati
Qozog‘istonda har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan G‘alaba kuni tantanalari murakkab epidemiologik vaziyat tufayli 2021 yilda nishonlanmaydigan bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook sahifasida yozishicha, mamlakat prezidenti vatandoshlariga bayram tabrigi bilan murojaat qiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, urush faxriylariga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Avvalroq respublika Mudofaa vazirligi qoshidagi «Interfaks-Kazaxstan» agentligi Qozog‘istonning urush va mehnat faxriylarini G‘alaba kuni bilan tabriklash mintaqalardagi sanitar-epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning aksariyati onlayn tarzda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avvalroq mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sababli 7 may kuni nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni va G‘alaba kuniga bag‘ishlab harbiy parad o‘tkazish rejalashtirilmayotgani haqida xabar berilgandi. 2020 yilda G‘alaba kunining 75 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad koronavirus tarqalish xavfi tufayli bekor qilingan edi.

Qozog‘istonda o‘tgan bir kun davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha PZR-testi bilan tasdiqlangan 2587 ta yangi holat ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi