Illyustratsiya: haikudeck.com
«G7 mamlakatlaridan faqat Yaponiya bevosita Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Dahshatli qo‘shnilar «Kunchiqar yurt»ni bolg‘a va sandon kabi iskanjaga olgan, Amerika va G‘arb esa yiroqda».
«Katta yettilik» mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining so‘nggi kuni — 5 mayda e’lon qilingan yakuniy kommyunikega yaponiyalik o‘quvchilar shunday munosabat bildirishdi.
G7 bayonotiga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo uchun eng katta tahdidlar bu — Xitoy, SOVID-19 pandemiyasi va Rossiya. Shuningdek, bayonotda Tayvan va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ham aytilgan, ammo u nimalarda ifodalanishi haqidagi ma’lumot keltirilmagan.
Ushbu hujjat matniga Yahoo News Japan portalida bildirilgan munosabatlardan yaponlar Moskva va Pekinning yanada yaqinlashuvidan xavotirda ekanliklarini sezish qiyinmas.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qurolli nizo kelib chiqqan taqdirda, bu bayonot Yaponiyaga qimmatga tushishi mumkin, deb hisoblashmoqda yaponlar. Yuqoridagi yo‘sindagi bayonotlar Rossiya va Xitoyni yanada yaqinlashishga undaydi, xolos.
Yapon fuqarolari aniq amaliy harakatlarga o‘tish kerakligini, xususan, Rossiyani G‘arbga «tortish» yoinki qo‘shnilari bilan munosabatlari o‘ta qo‘rqinchli tusga kirib borayotgan Yaponiyaning o‘zi ikki tomonlama munosabatlarga kirishishi lozimligini so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikki yillik tanaffusdan so‘ng, 3—5 may kunlari Londonda «Katta yettilik» tashqi ishlar vazirlarining yuzma-yuz uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Aytilishicha, vazirlar Rossiya masalasini bir yarim soat muhokama qilishgan.
Yakunda barcha qatnashchilar Rossiya tomonini Ukraina bilan chegaradagi va Qrimdagi tanglikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirishgan, o‘z navbatida, RF bilan barqaror va uzoqni ko‘zlangan ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatilishini yoqlashgan. O‘sha yig‘ilishda Yaponiya TIV rahbari Tosimitsu Motegi «Katta yettilik»ga Rossiya bilan hamkorlik bo‘yicha yagona yondashuv ishlab chiqish taklifini kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi