13:01 / 05.08.2021
1 158

Finlyandiya bosh vaziri nonushta uchun sarflagan pullarini mamlakat budjetiga qaytardi

Finlyandiya bosh vaziri nonushta uchun sarflagan pullarini mamlakat budjetiga qaytardi

Foto: Legion Media
Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin 2020 yilda o‘zining shaxsiy nonushtasi uchun sarflagan 10,1 ming yevrodan ortiq pulni mamlakat budjetiga qaytardi, deb xabar beradi Esquire. 2021 yil uchun qolgan 4,2 ming yevroga yaqin pulni u avgust oxiriga qadar qaytarishi kerak.

2021 yilning bahorida Finlyandiya bosh vaziri va uning oilasi mamlakat budjeti pullari hisobidan qarorgohda nonushta qilgani ma’lum bo‘lgandi. Bosh vazirning oilasini har oylik ovqatlanishi uchun 850 yevroga yaqin pul sarflangan.

Marinning so‘zlariga ko‘ra, budjet mablag‘lari bosh-vazirga qanday imtiyozlar taqdim etilishi borasidagi ma’lumotlar yo‘qligi sabab sarflangan. Shuningdek, u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali mamlakat budjeti hisobidan sarflangan pullarni qaytarishini ma’lum qilgan. Bosh vazir kanselyariyasi esa qarorgohda ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha qo‘llanmani o‘rganib chiqib, unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.

Tergovdan oldingi tekshiruv ishlarini, shuningdek, Helsinki politsiyasi ham o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, tergov Marinning harakatlariga taalluqli bo‘lmagan, huquq-tartibot organlari hukumat kanselyariyasini amaldorlarining ishini o‘rgangan. Holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya bosh vaziri nonushta uchun sarflagan pullarini mamlakat budjetiga qaytardi
[/banner_pushhouse