Foto: US Embassy.
AQSH Qurolli kuchlarining Shimol qo‘mondonligi rahbari general Glen Vanxerk Rossiyani mamlakat uchun asosiy tahdid deb atagan. Bu haqda u Air Force Magazine jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiya bugun mamlakat uchun asosiy harbiy tahdiddir. Xitoy emas, bu Rossiya», — deydi harbiy.
Uning fikricha, Xitoy Qo‘shma Shtatlarga «uzoq muddatli ekzistensial tahdid» tug‘dirishiga qaramay, bugungi kunda harbiy jihatdan Rossiya o‘zining suv osti kemalari, bombardimonchi samolyotlari va qanotli raketalari tufayli AQSHga eng katta tahdid solmoqda. Shu bilan birga, general kibernetik va kosmik nuqtai nazardan, Rossiya va Xitoy teng deb hisoblaydi, shuning uchun ikkala davlatdan ham ehtiyot bo‘lishlari kerak.
Vanxerk AQSH Harbiy-havo kuchlari assotsiatsiyasi mezbonlik qilgan konferensiyada so‘zga chiqib, Arktikadagi Amerika imkoniyatlarini yaxshilash uchun Pentagon resurslarini sarmoya qilish muhimligini ta’kidlagan, aks holda Vashington jiddiy xavf ostida qoladi. U, shuningdek, ballistik raketalarni yadroviy qurol bilan bir qatorda jilovlashning yana bir shakli deya atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning birinchi raqamli dushmani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?