22:39 / 17.10.2021
2 232

Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi

Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi
Rossiyaning Oryol shahrida ayiq sirk namoyishi paytida hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi. «Oryol Meridian» nashrining yozishicha, bu hodisa 16 oktabr oqshomida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning hamkasbi qamchi bilan g‘azablangan hayvonni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, lekin unga zarbalar ta’sir qilmagan. Yaralangan ayol kasalxonaga yotqizilgan. Uning homilador ekanligi aytilmoqda.

«Eng ajablanarlisi shundaki, sahna va tomoshabin o‘rtasida hech qanday to‘siq qo‘yilmagan. Agar ayiq tomoshabinlar oldiga yugurganida, hammasi bundan ham battarroq tugashi mumkin edi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi