Foto: Navy.mil
AQSH harbiylari 20 oktabr kuni gipertovushli qurolining uchta muvaffaqiyatli sinov uchishini amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz kuchlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, test davomida «ilg‘or gipertovushli texnologiyalar va real vaziyatdagi prototip-tizimlari namoyish etilgan».
«Bu kabi qurollarni ixtiro qilishda raketalarni yuqori aniqlikda uchirish yerusti sinovlari va keng ko‘lamli parvoz sinovlari o‘rtasidagi muhim bo‘shliqlarni to‘ldiradi», — deyiladi xabarda. Shuningdek, qayd etilishicha, ular hujum va mudofaa gipertovushli texnologiyalarining tez rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gipertovushli qurolni yaratishda Lockheed Martin va Ratheon Technologies kabi kompaniyalar, shuningdek, boshqa pudratchilar ishtirok etgan.
20 oktabr kungi uchirishlardan so‘ng, Pentagon 21 oktabr kuni ham gipertovushli qurollni uchirish testini o‘tkazgan. Biroq bu safar uchirish raketa-tashuvchi ishdan chiqqani sabab uzilish bilan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida AQSH harbiy havo kuchlarining AGM-183A ARRW gipertovushli raketasi sinovlari muvaffaqiyatsiz tugagan edi. Raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan. Biroq raketa uchish tartibini yakunlay olmasdan samolyotda qolib ketgan. Samolyot raketa bilan Kaliforniyadagi Edvards aviabazasiga qaytib kelgan.
Sentabr oxirlarida esa AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi. O‘shanda parvoz paytida raketa tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan. Shuningdek, sentabrda Shimoliy Koreya ham «Xvason-8» deb nomlangan yangi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi